» » Janubiy Koreya KXDR tomonidan uchirilgan raketa turini ma’lum qildi

Janubiy Koreya KXDR tomonidan uchirilgan raketa turini ma’lum qildi


Janubiy Koreya harbiylarining fikricha, KXDR “Pukkikson-2” o‘rta masofali ballistik raketasini uchirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Shtab boshliqlari qo‘mitasi hisob-kitoblariga qaraganda, raketa maksimal 560 kilometr balandlikka ko‘tarilgan.

Uchirish Pxyonan-Namdo provinsiyasining Pukchxan tumanida amalga oshirildi. Raketa qit’alararo turda bo‘lmay, 500 kilometr uchib, Koreya yarim oroli sharqiy sohilidan 350 kilometr narida, Yapon dengizida quladi.

Bir muddat ilgari KXDR yana bir raketa sinovini o‘tkazgani va raketa Yaponiya iqtisodiy zonasiga yetmay pastlagani xabar qilingan edi.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (21-05-2017, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 109) ( 0) ( 108) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют