» » Putin Falastindagi milliy birlikni tiklashda yordam berishga va’da berdi

Putin Falastindagi milliy birlikni tiklashda yordam berishga va’da berdi


Rossiya prezidenti Vladimir Putin Falastin yetakchisi Mahmud Abbosga Falastin xalqi bilan birdamlik xalqaro kuni munosabati bilan tabrik yo‘lladi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Putin mazkur tabrigida Mahmud Abbosning Falastin muammosining siyosiy-diplomatik yechimi tarafdori ekanligini ma’qulladi.

“Iordan daryosining g‘arbiy sohili va G‘azo sektorida saqlanib kelayotgan ziddiyat, shuningdek hududda o‘sib borayotgan terrorizm havfini hisobga olgan holda sizning Falastin muammosining siyosiy-diplomatik yechimi tarafdori ekanligingiz muhim ahamiyat kasb etadi. Biz Falastin milliy birligini qayta tiklash yuzasidan hamkorlik qilishda davom etamiz”, — deyiladi Putinning tabrigida.

Putin, shuningdek, Rossiya Falastin bilan iqtisodiy aloqalarni rivojlantirishga va uning aholisi duchor bo‘layotgan ijtimoiy muammolarni hal etishda faol ishtirok etishga tayyorligini ta’kidladi.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют