» » MDH aksilterror markazi IShID faoliyati hamdo‘stlik chegaralariga yaqinlashishi haqida ogohlantirdi

MDH aksilterror markazi IShID faoliyati hamdo‘stlik chegaralariga yaqinlashishi haqida ogohlantirdi


Suriya va Iroqda davom etayotgan jangovar harakatlar sharoitida IShID terrorchilik tashkiloti MDHga a’zo davlatlarning janubiy chegaralariga xavf tug‘dirishi mumkin. Bu haqda MDH aksilterror markazi rahbari Andrey Novikov Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan MDH davlatlari bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 27-majlisida ma’lum qildi, deb xabar berdi Kazakhstan Today.

“Bugungi kundagi vaziyatni tahlil qilish yaqin kelajakda uning normallashuvi ehtimoldan uzoq ekanligini ko‘rsatmoqda. Suriyada IShIDga qarshi erishilgan yutuqlarga qaramay, Suriya va Iroqdagi terrorchilik faoliyati hamdo‘stligimizning janubiy chegaralari tahdid solishi mumkin”, — dedi Novikov.

Uning ta’kidlashicha, hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlarning prokurorlari “konstitutsiyaviy qonuniylik va huquqiy tartib himoyasida, normalar va xalqaro huquqlarning amalga oshirilishida sobit turmoqda”.

Novikov shunga qaramay hali juda ko‘p muammoli masalalar mavjud ekanligini qayd etdi. “Internet tarmog‘i orqali radikal fikrlarning keng tarqalish muammosi keskinligicha turibdi. Rossiyada bunga qarshi kurashishning samarasi bosh prokuraturaga suddan mustaqil ravishda axborot resurslarini to‘sish imkoniyati taqdim etilgach osha boshlagan”, — dedi Novikov.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 104) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют