» » Venesuela prezidenti Maduro ushbu lavozimga qayta saylanish niyatida

Venesuela prezidenti Maduro ushbu lavozimga qayta saylanish niyatida


Venesuela yetakchisi, mamlakatni chuqur inqiroz yoqasiga olib kelib qo‘ygan Nikolas Maduro 2018-yili bo‘lib o‘tadigan prezident saylovida ishtirok etish niyatida. Bu haqda vitse-prezident Tariq al-Aissami bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.

Al-Aissami bu bayonotni Venesuela yagona sotsialistik partiyasi faollari bilan uchrashuvda berdi.

“Do‘stimiz Nikolas Maduroning Bolivarian Respublikasi prezidenti lavozimiga qayta saylanishini ko‘ramiz. Muxolifatning o‘z rejasi bor, lekin biz ularga ishonmaymiz”, — uning so‘zlarini keltiradi ?ltimas Noticias gazetasi.

Maduro 2013-yil martida Ugo Chavisning vafotidan so‘ng ushbu lavozimni egalladi. O‘sha yilning aprelida u prezidentlik saylovida g‘alaba qozondi.

Опубликовано: admin (29-11-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 95) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют