» » Xitoy kompaniyasi 137 soniyada 6000 ta avtomobil sotdi

Xitoy kompaniyasi 137 soniyada 6000 ta avtomobil sotdi


Geely konserni va unga tegishli Volvo kompaniyasi tomonidan asos solingan Lynk&Co kompaniyasi o‘zining ilk modeli — 01 krossoverining rasmiy savdosini boshladi, deya xabar bermoqda Auto Mail.Ru.

Dastlab avtomobilni markaning internet-do‘konida buyurtma qilish mumkin edi, endi esa ilk mashinalar dilerlarga yetkazib berila boshladi. Krossoverning narxi 170 ming yuan (taxminan 25 800 dollar)dan boshlanadi.

Lynk&Co ishontirishicha, onlayn-savdolar butun avtomobil bozori bo‘yicha rekord o‘rnatishiga oz qolgan. Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 137 soniya yoxud 2 daqiqa-yu 17 soniyada 01 modelining 6000 ta nusxasi uchun buyurtmalar olingan.

Lynk&Co 01 krossoveri bir yil avval namoyish etilgan edi. Kompaniyaning o‘zi ham yaqinda — 2016-yilda tashkil etilgan. Yangi marka uchun ustuvor bozor Xitoydir. Ammo savdolar geografiyasi keyinchalik Amerika va Yevropagacha kengayishi ham taxmin qilinmoqda.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 134) ( 0) ( 133) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют