» » Namanganda ijaraga olingan Damas’ni pullab yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘aldi

Namanganda ijaraga olingan Damas’ni pullab yuborgan shaxsga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘aldi


Namangan shahrida yashovchi S.Ahmadjon ichki ishlar idoralariga ariza bilan murojaat qildi. Bu haqda “Daryo”ga Namangan viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi. 

Arizachiga ko‘ra, 2016-yil 16-avgust kuni Namangan shahrida yashovchi N.Qodir va R.G‘ulom uning 50 million so‘mini firibgarlik yo‘li bilan olib ketib, o‘zlashtirib yuborgan.

Ushbu holat bo‘yicha Namangan shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan JKning 168-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, N.Qodir va R.G‘ulom tilxat orqali ochiqda qoldirildi.

Shuningdek, Namangan shahrida yashovchi M.Komiljon tanishi, Norin tumanida yashovchi V.Nasim undan 2017-yil may oyida ijaraga olgan Damas avtomashinasini boshqa shaxsga sotib yuborganligini ma’lum qilib, chora ko‘rishni so‘radi. 

Mazkur holat bo‘yicha Namangan shahar IIB tergov bo‘limi tomonidan JKning 168-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi tilxat bilan ochiqda qoldirildi.

Опубликовано: admin (30-11-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют