» » Aygul Pirnazarova: Jinsining vatani — Amerika emas, O‘zbekiston ekan-da!

Aygul Pirnazarova: Jinsining vatani — Amerika emas, O‘zbekiston ekan-da!


Qoraqalpog‘iston axborot agentligi direktori Yesimqan Qanaatov Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyida saqlanayotgan noyob eksponatlar haqidagi maqolasini e’lon qildi.

Yesimqan Qanaatov maqolada jinsining vatani Amerika emas, O‘zbekiston ekanligini ta’kidlaydi.

Hozirda Nukus shahridagi butun dunyoga mashhur Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyida noyob mustahkam matodan ishlangan to‘rt dona ko‘k rangli ko‘ylak saqlanmoqda. Xalq tilida bu ko‘k ko‘ylak deb nomlanadi.

Bir necha yuz yillar avval hozirgi jinsi kabi mustahkam matodan qilingan ushbu betakror eksponatlar muzeyga kelayotgan minglab xorijiy turistlarning hayratiga sabab bo‘lmoqda.

Sayyohlarning hayratiga sabab bo‘layotgan ko‘k ko‘ylak bo‘yicha tadqiqot ishlarini olib borgan olim M. Qipshaqbayev quyidagi fikrlarni bildirdi:

“Ko‘k ko‘ylak hozirgi jeans (jinsi) materialini yodga soladi va shu mato turining dastlabki ixtirochisi qoraqalpoq chevarlari bo‘lganligiga shubha uyg‘otmaydi. Qoraqalpoqlarning qadimdan Buyuk Ipak yo‘lida qo‘nim topgani va ularda savdo-sotiq ishlarining rivojlanishi bu materialning Yevropa davlatlariga tarqalishiga sabab bo‘lgan bo‘lsa, ajabmas”.

Ko‘k ko‘ylakning tarixi sak-massagetlar davriga borib taqaladi. Mard To‘maris va dovyurak Guloyim boshqargan qizlar dushmanlarga qarshi yurishda kiyimlarining oldiga yoki sovutga ajoyib naqshlar tushirgan. Muzeyga tashrif buyurgan xorijiy sayyohlarning ‘qoraqalpoqlar jinsini amerikaliklardan avval o‘ylab topishgan ekan. Demak, jinsining vatani — Amerika emas, O‘zbekiston ekan-da!’, — deb taajjub bilan tan olganini ko‘p marotaba guvohi bo‘lganman.

Aygul Pirnazarova, Savitskiy nomidagi davlat san’at muzeyi etnografiya bo‘limi rahbari

Ko‘k ko‘ylak — qoraqalpoq san’atining takrorlanmas esdaliklaridan biri hisoblanib, dunyoda boshqa bironta ham xalqda uchramaydigan tantanali libos turi sanaladi. Shuningdek, tasviriy hamda kashtachilik san’atining ham betakror namunasi sifatida talqin qilinadi.

Ko‘k ko‘ylakni qoraqalpoqlarda “bo‘yoq ko‘ylak” va “kashtali ko‘ylak” deb ham nomlaydi. Chunki bu ko‘ylak ko‘k rang bilan bo‘yalgan va har xil kashtalar bilan bezalgan. Ko‘ylakning bezalishida oltmishdan ortiq naqsh turlari qo‘llanilgan.

Опубликовано: admin (1-12-2017, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 70) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют