» » Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga yangi direktor tayinlandi

Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga yangi direktor tayinlandi


Savitskiy nomidagi Qoraqalpog‘iston davlat san’at muzeyiga Gulbahar Izentayeva direktor etib tayinlandi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.

Avvalroq muzey direktori Maqset Qarliboyev vazifasidan ozod etilgani, Anora Paxratdinova muzey direktori vazifasini vaqtinchalik bajarib turgani haqida xabar berilgan edi.

Ma’lumot uchun, Savitskiy nomidagi muzey Nukus shahrida joylashgan bo‘lib, O‘zbekistondagi eng yirik muzeylardan biri hisoblanadi.

U 2015-yili “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi, Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi hamkorligida tashkil etilgan tanlovda “Yilning eng yaxshi muzeyi” nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (10-03-2017, 20:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 118) ( 0) ( 116) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют