» » Vebster universitetining vitse-prezidenti Piter Maher boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif buyurdi

Vebster universitetining vitse-prezidenti Piter Maher boshchiligidagi delegatsiya Toshkentga tashrif buyurdi


4-dekabr kuni Toshkent shahriga Vebster universiteti vitse-prezidenti Piter Maher boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibidan Uoker nomidagi biznes va texnologiyalar maktabi dekani Simmon Kummings va Vebster universiteti ta’lim maktabi dekani Brenda Fayf o‘rin olgan, deb xabar beradi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati.

Tashrif maqsadi ko‘ra delegatsiya O‘zbekiston tomoni bilan Vebster universitetining Toshkent shahridagi filialini ochish bilan bog‘liq texnik, huquqiy va moliyaviy jihatlar hamda yangi o‘quv yilidan — 2018-yilning sentabr oyidan boshlab ta’lim muassasasi faoliyatini boshlash masalalari muhokama qilinadi.

Toshkent shahrida AQSh universitetining birinchi filiali ochilishi to‘g‘risidagi O‘zbekiston Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi va Vebster universiteti o‘rtasidagi bitim O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning sentabr oyida Nyu-York shahriga tashrifi doirasida o‘tkazilgan O‘zbekiston — AQSh biznes-forumi yakuni bo‘yicha imzolangan.

Vebster universiteti delegatsiyasining O‘zbekistonga tashrifi dasturida Oliy va o‘rta maxsus ta‘lim, Maktabgacha ta‘lim, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalar vazirliklarida uchrashuvlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Muzokaralar davomida O‘zbekistonda Vebster universiteti filiali faoliyatining tashkiliy va huquqiy jihatlari muhokama qilinadi hamda universitet tomonidan tuziladigan o‘quv dasturlari kelishib olinadi.

O‘zbekistonning Vashington shahridagi elchixonasi ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh delegatsiyasi O‘zbekistondagi ta’lim muassasalarida tashkil etilgan o‘quv jarayoni bilan tanishish maqsadida bir qator milliy universitetlarga (O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti) hamda xorijiy OTMning filiallariga (Inha universiteti, Turin politexnika universiteti, Singapur menejment instituti, Vestminster universiteti) ham tashrif buyuradi.

Rejaga ko‘ra, Vebster universitetining filialida O‘zbekistonlik talabalar “axborot texnologiyalari”, “axborot xavfsizligi”, “OAV rivojlanishi”, “biznes”, “tabiiy fanlar” va “pedagogika” kabi ta’lim yo‘nalishlarida bakalavr va magistr darajasini olishlari mumkin bo‘ladi. O‘qish AQSh universiteti professorlari va mahalliy o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi.

Shuni ta’kidlash joizki, Vebster universiteti 1915-yilda Missuri shtati Sent-Luis shahrida tashkil etilgan. Universitetning muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan Shveysariya, Avstriya, Gretsiya, Gollandiya, Xitoy, Tailand va Gana kabi davlatlarda yettita xalqaro filiallari mavjud. Shuningdek, 2017-yilda Amerikaning eng yaxshi universitetlari reytingida 24-o‘rinni egallagan.

Опубликовано: admin (4-12-2017, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют