» » Orolmirzo Safarov “Bojalar” bilan duet kuyladi

Orolmirzo Safarov “Bojalar” bilan duet kuyladi


1—2-dekabr kunlari Toshkentdagi “Istiqlol” san’at saroyida “Bojalar” guruhining “50 foiz kulgi, 50 foiz qo‘shiq” deb nomlangan konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Dasturning ikkinchi kunida jurnalist Feruz Muhammad mehmon bo‘ldi.

Dasturda Jahongir Poziljonov O‘zbekiston xalq hofizi Orolmirzo Safarov bilan “Faqat farzandlarim yig‘latma hayot” deb nomlangan duet taronasini taqdim qildi.

Ushbu qo‘shiqdan bir parcha jonli ijro qilgan Orolmirzo Safarov “Bojalar” bilan duet kuylaganini quyidagicha, hazilomuz so‘zlar bilan izohlab o‘tdi.

Jahongir Poziljonov faqat hajviya, komik qo‘shiqlar, kurakda turmaydigan qiliqlar bilan barchangizga yaxshi tanishdir. Shu yil u bilan bir ko‘rsatuvda ishtirok etganimizda men bilan duet qo‘shiq tayyorlashni taklif qildi. Yo‘q deb bo‘ladimi, mening ham tirikchiligim bor.

Orolmirzo Safarov, O‘zbekiston xalq hofizi

Опубликовано: admin (5-12-2017, 00:00)
+5 (голосов: 7)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 1) ( 67) ( 1)
Юзеры:
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...