» » Alisher Usmonov O‘zbekistonga kiritgan sarmoyalari haqida gapirib berdi

Alisher Usmonov O‘zbekistonga kiritgan sarmoyalari haqida gapirib berdi


Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Reuters’ga bergan intervyusida O‘zbekiston hukumati bilan hamkorligi haqida gapirib berdi, deb yozadi “Vedomosti”. “Mening rolim — bu maslahat, konsalting va xayriya loyihalari”, — dedi biznesmen.

Usmonov ta’kidlashicha, u O‘zbekiston hukumati bilan Buxoro, Samarqand va Toshkentdagi tarixiy yodgorliklarni restavratsiya qilish bo‘yicha loyihalar ustida ishlashni allaqachon boshlab yuborgan. Bundan tashqari, USM xoldingi (Usmonovga 49 foizi tegishli) O‘zbekistondagi metallurgiya korxonalari bilan hamkorlik qiladi, dedi biznesmen. Ammo u tafsilotlarga to‘xtalmadi.

Sentabr oyida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-Yorkdagi BMT Bosh assambleyasiga borish uchun Usmonovning shaxsiy samolyotidan foydalangan edi. Usmonov Reuters bilan suhbatda qayd etishicha, u samolyotni bepul taqdim etishga tayyor bo‘lgan, ammo O‘zbekiston pul to‘lashda qat’iy turib olgan.

Biznesmen, shuningdek, O‘zbekistonga “imkoni boricha” sarmoya kiritishga tayyor ekanligini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, qulay investitsiya muhiti bo‘lgan va ularning kapitali himoyalanishi kafolatlangan taqdirda, ko‘plab mamlakatlar O‘zbekistonga sarmoya kiritishga tayyor bo‘lgan bo‘lardi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 98) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют