» » Afg‘oniston prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi

Afg‘oniston prezidenti Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi


O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘lib turgan Afg‘oniston Respublikasi Prezidenti Muhammad Ashraf G‘ani 5-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Mustaqillik maydoniga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

“Oliy martabali mehmon hurriyatimiz, porloq istiqbolimiz va ezgu niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gul qo‘ydi”, — deyiladi xabarda.

Afg‘oniston Prezidenti Mustaqillik maydoni O‘zbekistonning tinchliksevar siyosati, xalqning bunyodkorlik va farovonlik yo‘lidagi ezgu intilishlarini aks ettiruvchi noyob majmua ekanini ta’kidladi. Maydonning o‘ziga xos manzarasi, chuqur mazmun-mohiyatiga yuqori baho berdi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 120) ( 0) ( 117) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют