» » Isyonchi xusiylar Yemen Today telekanali binosida 41 nafar jurnalistni asirlikda ushlab turibdi

Isyonchi xusiylar Yemen Today telekanali binosida 41 nafar jurnalistni asirlikda ushlab turibdi


Isyonchi xusiylar Sanodagi Yemen Today tekanali binosida 41 nafar jurnalistni asirlikda ushlab turibdi. Bu haqda “RIA Novosti” o‘zining mamlakatdagi manbalariga asoslanib ma’lum qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru”.

Ta’kidlanishicha, asirlar orasida Rossiyaning Yamandagi Sputnik agentligining erkin muxbiri ham bor.

Isyonchilar 2-dekabr kuni Yemen Today kanalining ofisi joylashgan telemarkazni egallagan edi. Telekanal jurnalistlari 3-dekabr, yakshanba kuni norozilik namoyishi sifatida ochlik e’lon qilgan.

Yemen Today o‘ldirilgan sobiq prezident Ali Abdullar Salohning partiyasi — “Umumxalq kongressi”ga bog‘liqligi bilan mashhur. Partiya 2-dekabr kuni yamanlik fuqarolarni mamlakatning yaqingacha ittifiqdoshi bo‘lib kelgan “Ansar Alloh” xusiylar harakatidan himoya qilishga chaqirgan edi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 12:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют