» » “Yoshlar poyezdi” Samarqandga yetib keldi

“Yoshlar poyezdi” Samarqandga yetib keldi


Samarqand viloyatida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan Konstitutsiya qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlab “Yoshlar poyezdi” targ‘ibot aksiyasi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Targ‘ibot aksiyasi ishtirokchilari dastlab Samarqand shahrida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi. Shundan so‘ng taniqli olimlar, kino va teatr aktyorlari, sportchilar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollaridan iborat targ‘ibot guruhlari tuman va shaharlarga chiqib, yoshlar bilan uchrashuvlar o‘tkazdi, kitob taqdimotlari, xayriya tadbirlari tashkil etildi, sanoat korxonalari faoliyati bilan tanishdi.

Paxtachi tumanidagi “Ziyovuddin tolasi” korxonasi va 25-bolalar musiqa va san’at maktabida o‘tkazilgan muloqotlarda Konstitutsiya va u asosida qabul qilingan qonunlarda yoshlar hayoti, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan belgilangan qoidalar haqida ma’lumot berildi. Yoshlarga oid siyosatning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Qo‘shrabot tumanidagi Zarmitan konchilar madaniyat uyida mahalla aholisi hamda Qo‘shrabot sanoat va servis kasb-hunar kolleji o‘quvchilari bilan Yoshlar ittifoqi faollarining ochiq muloqotida yoshlarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash uchun davlat tomonidan berilayotgan imtiyoz va yengilliklar qayd etildi. Ota-onalar va yoshlarning bu haqdagi savollariga batafsil javob qaytarildi.

Targ‘ibot guruhi a’zolarining Kattaqo‘rg‘on iqtisodiyot kollejida yoshlar bilan uchrashuvida tuman markazida kutubxona va sport maydonchalari tashkil qilish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Samarqand serjantlar maktabi hamda "Temurbeklar maktabi"dagi uchrashuvlar ham yoshlar uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi. Tabirlarda Bosh qomus targ‘iboti haqidagi ma’lumotlar bilan bir qatorda, yoshlarni o‘ylantirayotgan savol va muammolarga birgalikda yechim topildi. Shahardagi 10-Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari ishtirokida mavzu yuzasidan rasmlar tanlovi o‘tkazilib, faol ishtirokchilar Yoshlar ittifoqi va hamkor tashkilotlar tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

Опубликовано: admin (5-12-2017, 22:15)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют