» » Yoshlar ittifoqining “Targ‘ibot poyezdi” Namangandagi aksiyalarini boshladi

Yoshlar ittifoqining “Targ‘ibot poyezdi” Namangandagi aksiyalarini boshladi


O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining Farg‘ona vodiysiga yo‘l olgan “Targ‘ibot poyezdi” Namangan viloyatiga yetib keldi. Bu haqda “Daryo”ga yosh jurnalist Humoyunmirzo Abdullayev ma’lum qildi.

6 ta vagondan iborat poyezdda jamoatchilik, ilm-fan, madaniyat va san’at vakillari, shoir va yozuvchilardan iborat 200 dan ortiq kishi Popda kutib olindi va shahar, tumanlarga yo‘l oldi. “Fidoyingiz bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston” shiori ostidagi тadbirlar doirasida uyushmagan yoshlar bilan ochiq muloqotlar, munozara va mushoiralar, xayriya aksiyalari o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Yangiqo‘rg‘on tuman hokimligi matbuot xizmatiga ko‘ra, mehmonlar, jumladan, qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan Nanay qishlog‘idagi “Ko‘ksaroy” dam olish markazida bo‘ldi. Dastlab Nanay madaniyat va aholi dam olish markazi tomonidan sahna ko‘rinishlari taqdim etildi.

O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti Ahmadjon Meliboyev, Yoshlar Ittifoqi markaziy kengashi rais o‘rinbosari Suhrob Maqsudov, shoir Chorsha’m Ro‘ziyev, aktrisa Nigina Anorboyeva, xonanda Muzaffar Mirzarahimov, psixologiya va biznes bo‘yicha murabbiylar yig‘ilganlarning ko‘plab savollariga javob berdi, she’r va qo‘shiqlar ijro etildi.

Namangandagi aksiyalar madaniyat va san’at vakillari ishtirokidagi katta konsert dasturi bilan yakunlanishi ko‘zda tutilgan.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (14-08-2017, 20:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 40) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют