» » Namanganda Navro‘z xalq sayllari boshlandi

Namanganda Navro‘z xalq sayllari boshlandi


Namangan viloyatida Navro‘z bayramiga bag‘ishlangan xalq sayllari qo‘shni Qirg‘iziston bilan chegaradosh Yangiqo‘rg‘on tumanidan boshlandi. Bu haqda tuman hokimligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Aholiga Navro‘z saylida qulaylik yaratish maqsadida tuman markazi avtomobillardan holi hududga aylantirildi. Ko‘chalarda bayram savdo yarmarkalari tashkil etildi.

Yangiqo‘rg‘on suv omboridagi orolchaga tuman hududidagi mahallallar maslahatchilari, jamoat tashkilotlari xodimlari, turli millat vakillari taklif etildi. Ular ishtirokidagi milliy o‘yinlar, Navro‘z taronalari kechgacha davom etdi.

Shaharchadagi madaniyat va istirohat bog‘i ham sayl ishtirokchilari bilan gavjum bo‘ldi. Bog‘da mahalla fuqarolar yig‘inlari, o‘quv yurtlari tomonidan o‘ziga xos pavilonlar barpo etildi. Doshqozonlarda sumalak qaynadi, mohir oshpazlar tomonidan tayyorlangan palov sayl qatnashchilariga tarqatildi.

Taniqli jurnalist Ahmadjon Meliboyev, shoira Munavvara Usmonova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Munojot Teshaboyeva, xonandalar Malika Egamberdiyeva, Bekzod Bahromov, Rohila Ro‘ziyevaning chiqishlari yangiqo‘g‘onliklarga bayram kayfiyati ulashdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (18-03-2017, 13:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют