» » Tailandda 15 kishi suv toshqini qurboni bo‘ldi

Tailandda 15 kishi suv toshqini qurboni bo‘ldi


Tailand janubida 25-noyabrdan buyon davom etayotgan suv toshqini oqibatida kamida 15 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda 6-dekabr kuni Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish departamenti ma’lum qildi, deb yozadi “TASS”.

To‘xtamayotgan yomg‘irlar natijasida sakkiz janubiy provinsiya hududida suv sathi ba’zi joylarda 1,5—2 metrga ko‘tarildi. “Suv toshqinidan 1,1 milliondan ortiq odam jabrlandi, yo‘llar va ko‘priklar vayron bo‘lgan, qishloq xo‘jalik ekinlarini suv bosgan”, — deydi departament rahbari Chatchay Promlert. Tabiiy ofat hozircha qirollikning asosiy kurortlariga yetib bormagan.

Armiya tabiiy ofat hududlariga yordam ko‘rsatishga qo‘shildi.

The Nation gazetasining ma’lum qilishicha, 5-dekabr kuni Nakxonsitxammarat provinsiyasida suv oqimi mahalliy trassada 50 ga yaqin yo‘lovchini olib ketayotgan avtobusni oqizib ketdi. Ikki kishi hamon bedarak yo‘qolganlar sifatida qayd etilmoqda.

Опубликовано: admin (6-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют