» » Yelizaveta II HMS Queen Elizabeth harbiy kemasini tantanali ravishda suvga tushirdi

Yelizaveta II HMS Queen Elizabeth harbiy kemasini tantanali ravishda suvga tushirdi


Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II samolyotlar uchishi va qo‘nishi uchun moslashtirilgan dunyodagi eng yirik harbiy kemalardan biri, Britaniya flotining eng yirik kemasi — HMS Queen Elizabeth’ni tantanali ravishda suvga tushirish marosimida ishtirok etdi, deb xabar beradi “Yevropeyskaya pravda”.

Tanatanali marosim 7-dekabr kuni Portsmutda bo‘lib o‘tdi. Unda qirolichadan tashqari uning qizi, 67 yoshli malika Anna ham qatnashgan. Marosimga hammasi bo‘lib 3700 ga yaqin mehmon tashrif buyurgan.

“Flot ofitserlarining qizi, rafiqasi va onasi sifatida oldingizga mamlakat naqadar noodatiy talablar qo‘yayotganini tushunaman. Men har doim HMS Queen Elizabeth kemasi va uning ekipaj a’zolari bilan o‘zimning maxsus aloqamni doimo qadrlayman”, — deydi qirolicha.

Yelizaveta II shuningdek, Shotlandiyada tayyorlangan kema shaklidagi tortga ham yuqori baho berdi. An’anaga ko‘ra, uni kapitanning rafiqasi va eng yosh ekipaj a’zosi kesdi.

3,87 milliard dollar qiymatidagi samolyotlar uchishi va qo‘nishi uchun moslashtirilgan dunyodagi eng yirik harbiy kema — HMS Queen Elizabeth 2020-yilda jangovor tayyorgarlikka erishadi.

Опубликовано: admin (8-12-2017, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 37) ( 0) ( 37) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют