» » Mirobodda sigerata sabab kelib chiqqan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

Mirobodda sigerata sabab kelib chiqqan yong‘in oqibatida bir kishi halok bo‘ldi


Toshkent shahrining Mirobod tumanida yuz bergan yong‘in oqibatida bir kishi vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston IIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, Mirobod tumanida yashovchi fuqaro T.K.ning uyida sigareta chekishda extiyotsizlik oqibatida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida 15 kvadrat metr maydonda uy jihozlari yonib zararlangan.

“Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining tutundan dimiqqan holdagi jasadi topilgan”, — deyiladi IIV axborotida.

IIV matbuot xizmati yong‘in aynan qaysi kuni yuz berganiga aniqlik kiritmagan. Faqat bu yong‘in 1—7-dekabr kunlari oralig‘ida yuz bergani ma’lum qilingan.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют