» » O‘zbekistonda o’tgan haftada sodir bo‘lgan yong‘inlarda 1 kishi halok bo‘ldi

O‘zbekistonda o’tgan haftada sodir bo‘lgan yong‘inlarda 1 kishi halok bo‘ldi


O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi O‘zbekiston bo‘ylab o‘tgan hafta — 10–16-aprel kunlari qayd etilgan yong‘inlar va ularning oqibatlari haqida axborot berdi. Axborot matni vazirlik saytida chop etilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida yashovchi fuqaro S.Qobilovning uyidagi isitish pechining dudburoni qizib ketishi natijasida yong‘in kelib chiqib, uyning 90 metr kvadrat maydonida tom qismi yonib zararlangan.

Jizzax viloyati Zomin tumanida yashovchi fuqaro O.Hasanovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 90 metr kvadrat maydonda tom qismi yonib zararlangan.

Toshkent viloyati Zangiota tumanida yashovchi fuqaro S.Shoislomovning uyida elektr simlarning qisqa tutashuvi natijasida yong‘in sodir bo‘lib, uyning 60 metr kvadrat maydonda tomi, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan. Yong‘inni o‘chirish vaqtida uy egasining o‘g‘li, 1989-yilda tavallud topgan M.Shoislomovning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Toshkent shahar Sirg‘ali tumanida yashovchi fuqaro K.Nazriyevning uyida paxta yog‘ini dog‘lash uchun gaz plitasiga qozonda yog‘ni qo‘yib, uni nazoratsiz qoldirishi natijasida yong‘in sodir bo’lgan. Yong‘indan uyning 50 metr kvadrat maydonda tom qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (21-04-2017, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 75) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют