» » Misr Kopt cherkovi Quddus sabab AQSh vitse-prezidentini qabul qilishdan bosh tortdi

Misr Kopt cherkovi Quddus sabab AQSh vitse-prezidentini qabul qilishdan bosh tortdi


Misrning Kopt pravoslav cherkovi yaqin vaqt ichida Qohiraga tashrif buyurishi kutilayotgan AQSh vitse-prezidenti Maykl Pensni qabul qilishdan bosh tortdi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, bunga Vashingtonning Quddus masalasidagi nuqtai nazari sabab bo‘lgan.

Koptlar cherkovining rasmiy vakili bergan bayonotga ko‘ra, Maykl Pensni qabul qilmaslik haqidagi qaror “arab mamlakatlaridagi millionlab aholining his-tuyg‘ularini hisobga olmayotgan AQSh ma’muriyatining Quddus bo‘yicha nuqtai nazariga javobdir”.

Avvalroq, 8-dekabr, juma kuni Islomning sunniy mazhabidagi eng yirik hisoblangan Misrning Al-Azhar universiteti rahbari Ahmad at-Toyib ham Vashingtonning Quddus bo‘yicha qarori sabab Maykl Pens bilan uchrashishdan bosh tortishini ma’lum qilgan edi.

Al-Azhar vakillarining qayd etishicha, ular “tarixni soxtalashtiruvchilar, xalqlarning huquqlarini poymol qiluvchilar va bu xalqlarning muqaddas ziyoratgohlariga hujum qiluvchilar bilan muloqot qilmaydi”.

Eslatib o‘tamiz, 6-dekabr, chorshanba kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Quddusni Isroil poytaxti sifatida olgan va Davlat departamentiga AQSh elchixonasini Tel-Avivdan Quddusga ko‘chirish haqida ko‘rsatma bergan edi.

Опубликовано: admin (9-12-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 29) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют