» » Netanyaxu Yevropani qo‘sh standartlar siyosati uchun qoraladi

Netanyaxu Yevropani qo‘sh standartlar siyosati uchun qoraladi


Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu Parijga tashrifi oldidan Yevropa mamlakatlarini qo‘sh standartlar siyosatida aybladi, deb yozadi “Gazeta.ru”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa davlatlari AQSh prezidentining Isroildagi elchixonani Quddusga ko‘chirish qarorini omma oldida qoraladi, ammo G‘azo sektoridan Isroil hududiga raketalar uchirilishini qoralashga shoshilmadi.

“Yevropani hurmat qilaman, ammo uning qo‘sh standartlar siyosatini qabul qilishga tayyor emasman”, — dedi Netanyaxu.

Bosh vazir qo‘shimcha qilishicha, ikkiyuzlamachilikni qabul qilishdan ham bosh tortadi va o‘z fikrini Bryusseldagi siyosatchilarga yetkazmoqchi.

Netanyaxu ikki kunlik tashrif bilan Yevropaga jo‘nab ketdi: 10-dekabr kuni u Parijda bo‘ladi, ertasi kuni Bryusselda Yevropa yetakchilari bilan uchrashadi.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 09:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют