» » Irkutskda ro‘y bergan yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi

Irkutskda ro‘y bergan yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi


Irkutsk viloyatining Usolsk tumanida yong‘in oqibatida 5 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Rossiya FVV viloyat boshqarmasi ma’lum qildi, deb xabar beradi “RBK”.

Yong‘in “Arxiyereyevka-3” bog‘dorchilik xo‘jaligidagi dala hovlida ro‘y berdi. Ofatni bartaraf etishda uchta o‘t o‘chirish brigadasi ishtirok etdi. Yong‘in joyidan besh kishining jasadi topildi. Qo‘shnilarga ko‘ra, alangalanish chog‘ida uyda 4 nafar katta kishi va bir bola bo‘lgan.

“Dala hovli egalari — er-xotinning oldiga hodisa arafasida bolalari va nabirasi kelgan hamda tunab qolgandi. Tongga yaqin qo‘shnilar alangani payqab, o‘t o‘chiruvchilarga qo‘ng‘iroq qilgan”, — deyiladi FVV xabarida.

Dastlabki taxminga ko‘ra, yong‘inga elektr isitgichdan foydalanish qoidalarini buzilishi sabab bo‘lgan.

Опубликовано: admin (10-12-2017, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют