» » Amerikadagi hayvonot bog‘ida yo‘qolib ketish arafasida turgan yo‘lbarschalar dunyoga keldi (foto+video)

Amerikadagi hayvonot bog‘ida yo‘qolib ketish arafasida turgan yo‘lbarschalar dunyoga keldi (foto+video)


Amerikaning Jeksonvill shahrida joylashgan hayvonot bog‘i noyob turdagi hayvonlarni saqlab qolish dasturida ishtirok etadi. Ularning orasida — yo‘qolib ketish arafasida turgan Sumatra yo‘lbarslari ham mavjud. Yirtqichlar uchun hayvonot bog‘idagi hayot — o‘z naslini davom ettirish imkoniyati, deb xabar berdi National Geographic.

Floridada joylashgan Jacksonville Zoo and Gardens bog‘i 1914-yilda ochilgan. Hozirda u AQShdagi eng yirik tabiatni muhofaza qiluvchi markazlardan biri bo‘lib, u 95 turdagi hayvonlarni saqlab qolish bo‘yicha 50 ta milliy va xalqaro dasturlarda ishtirok etadi.

Ular orasida Sumatra yo‘lbarslari ham mavjud. Bu zamonaviy yo‘lbars turlarining eng kichkinasi hisoblanadi: uning maksimal uzunligi 255 santimetrni tashkil etadi (taqqoslash uchun: hind yo‘lbarsining o‘lchami 270 santimetrdan 310 santimetrgacha).

Ikkita erkak yo‘lbarschalar 20-noyabr kuni tug‘ilgan edi. Ularning ota-onasi Dorkas va Berani 2014-yildan buyon hayvonot bog‘ida yashaydi. 2015-yilning noyabrida ular Kinli Rouz laqabli urg‘ochi yo‘lbarsni dunyoga keltirishgan edi.

Yangi tug‘ilgan yo‘lbarschalarga hozircha ism berilmadi va hayvonot bog‘ining yopiq pavilyonlarida qolmoqda: ularning sog‘lig‘i mutaxassislar nazorati ostida.

Опубликовано: admin (11-12-2017, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 93) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют