» » Foto: Xertogenbosdagi dumaloq uylar

Foto: Xertogenbosdagi dumaloq uylar


Niderlandiyaning Xertogenbos shahrida arxitektor Dris Kreykampning loyihasi asosida qurilgan uylar dahasi joylashgan. Tajriba uylar loyihasi 1960-yillarning oxirida ma’qullangan bo‘lsa ham, qurilish ishlari 1984-yilda yakunlangan. Bolwoningen (“Shar uylar”) noodatiy dizayni bilan sayyohlarni o‘ziga jalb qiladi. TJournal ana shu uylarning suratlarini taqdim etdi.

Silindr asoslarga o‘rnatilgan bu uylar filmlarda aks etgan o‘zga sayyora uylari yoki g‘aroyib yomg‘ir qo‘ziqorinlariga o‘xshaydi. Hammasi bo‘lib 50 ta uy qurilgan. Har birining diametri 5,5 metrni tashkil qiladi. Inshootlar betondan va oynali toladan qurilgan. Uylarning 11 tadan derazasi bo‘lib, sun’iy ko’lning bo‘yida joylashgan.

Har bir uyda kirish qismi, oshxona, yotoqxona, mehmonxona, yuvinish xonasi va hojatxzona bor. Bu uylarning har qaysisi bir yoki ikki kishi uchun mo‘ljallangan. Biroq ularning arxitektori ko‘plab tanqidlarga uchragan. Uylar ba’zi jurnallar tomonidan eng xunuk uylar ro‘yxatiga kiritilgan. Shuning uchun arxitektor boshqa bunday uylar uchun buyurtma olmagan. Shunga qaramasdan, ayni vaqtda uylar yakka hayot kechiruvchilar va talabalar orasida ommaboplikka erishgan.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 07:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют