» » Golden House 10 foizlik Yangi yil chegirmalarini taqdim etadi

Golden House 10 foizlik Yangi yil chegirmalarini taqdim etadi


Golden House kompaniyasi, an’analarga sodiq qolgani holda, Yangi yil munosabati bilan bayram aksiyasini boshladi! Bu keng maydonli kvartirani maxsus bayram narxlarida sotib olish uchun a’lo bir imkoniyatdir.

Aksiyada Golden House’ning 7 ta turar joy majmuasi qatnashmoqda:

Majmua shaharning eng istiqbolli tumanlaridan birida bus-butun bir daha ko‘rinishida loyihalashtirilgan. Besh qavatli bu uylarning joylashuvi hamda shakli yopiq va maysazorlar bilan qoplangan ko‘rkam hovlilarni yuzaga keltirgan bo‘lib, yaxshi qo‘shnichilik muhitini yaratishga yordam beradi.

Manzil: Sergeli tumani, Yangi Sergeli ko‘chasi

Mo‘ljal: Mashina bozori.

Ar-deko uslubidagi uncha katta bo‘lmagan uy. Yaxshi o‘ylangan planirovka va keng hovli Goldhill’ni yosh oila uchun ajoyib tanlovga aylantiradi. Bino shahar markazidan ham, tog‘li hududlardagi oilaviy dam olish maskanlaridan ham uzoq bo‘lmagan hududda joylashgan.

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Parkent ko‘chasi

Mo‘ljal: “Korzinka.uz Aviator”

Zamonaviy shinamlik va hashamatli Sharq ruhini o‘zida mujassam qilgan turar joy majmuasi. Uylar Toshkentning eng ko‘hna va rivojlangan qismida, yirik transport chorrahasi yoqasida joylashgan bo‘lib, xonadon egalariga shaharning istalgan qismiga tez yetib olish imkonini beradi. Sebzor — sharqona nafosat va zamonaviy muvofiqlik o‘rtasidagi tutashtiruvchi bir yechimdir.

Manzil: Shayxontohur tumani, Sebzor ko‘chasi

Mo‘ljal: Ikat restorani, Qozog‘istonning yangi elchixonasi

Yosh oilalar uchun eng yaxshi turar-joy majmuasi. Majmua hududidagi bolalar bog‘chasi, bolalar maydonchalariga ega keng hovli, shaharning ekologik musaffo va infratuzilmasi rivojlangan tinch hududi — bari ota-onalar va bolalar uchun qulay bo‘lishi uchun mo‘ljallangan joy.

Manzil: Shayxontohur tumani, Beltepa dahasi

Mo‘ljal: Yangi ToshMI, Makro supermarketi

“Novomoskovskaya” — bu sakkiz qavatli yetti binodan iborat premium-klassga oid me’moriy ansambl bo‘lib, Darxonning haqiqiy osori-atiqasiga aylangan. Majmua Mirzo Ulug‘bek tumanining markaziy qismida, Toshkent aholisi “Novomoskovskaya” deb atashga odatlangan hududda joylashgan.

Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Osiyo ko‘chasi

Mo‘ljal: Irrigatsiya instituti

Sharqona madaniyatning milliy an’analarini o‘zida saqlagan zamonaviy va faol hayot uchun shinam makon. Bino travertin, nafis naqshinkor elementlar va sharqona mozaikalar bilan beminnat bezatilgan.

Manzil: Chilonzor tumani, Muqimiy ko‘chasi

Mo‘ljal: “Novza” metro bekati

Zamonaviy poytaxtlik uchun zamonaviy turar-joy dahasi. Nomining o‘ziyoq bu loyiha konsepsiyasi qandayligini bildirib turibdi — arxitekturasi va dizayni Fransiyaning romantik va hashamatli jilvalari bilan to‘ldirilgan nafis uslub!

Daha fransuz estetikasining eng yaxshi qadriyatlarini o‘zida mujassam qilgan: mansardalar, ikki qavatli kvartiralar, keng peshayvonlar (terrasalar), maysazorchalar, keng derazalar, shiyponcha-rotondalar va hordiq uchun mo‘ljallangan katta hudud.

Manzil: Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko‘chasi

Mo‘ljal: sobiq To‘qimachilik kombinati, Muqimiy ko‘prigi

48 million so‘mgacha bo‘lgan Yangi yil chegirmalari aksiyasi 30-dekabrga qadar davom etadi!

Aksiya tijoriy ko‘chmas mulkka taalluqli emas. Aksiya “Yangi Sergeli”, Goldhill, “Sebzor”, “Yangi Beltepa”, “Novomoskovskaya”, “Novza”, Parisien majmualaridagi kvartiralar uchun to‘lov 2017-yil 30-dekabrga qadar 100 foiz oldindan naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda amalga oshirilganida amal qiladi. “Novza” va Parisien’dan boshqa barcha obyektlar Vazirlar Mahkamasining 527-sonli qarori talablariga mos tushadi.

Golden House’ning axborot boti: http://t.me/goldenhouseuz_bot

Koll-markaz: 150-11-11

Savdo ofisi manzili: Osiyo ko‘chasi, 1, “Novomoskovskaya” turar-joy majmuasi

Mo‘ljal: Irrigatsiya instituti, Darxon.

Golden House ijtimoiy tarmoqlarda:

Facebook: https://www.facebook.com/goldenhouseuz/

Instagram: https://www.instagram.com/goldenhouseuz/

Telegram: @goldenhouseuz

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (12-12-2017, 11:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют