» » Airbus Braziliyadagi aviahalokat qurbonlarining yaqinlariga 9 mln dollar to‘laydi

Airbus Braziliyadagi aviahalokat qurbonlarining yaqinlariga 9 mln dollar to‘laydi


Airbus 2007-yili Braziliyaning San-Paulu shahri aeroportida TAM Airlines aviakompaniyasi samolyoti halokatga uchragani uchun 30 million real (9,1 million dollar) to‘laydi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Konsern sudga mustaqil ravishda da’vo kiritgan 33 qurbonning 93 nafar yaqini bilan kelishuvga erishgani bildirilmoqda.

2007-yil, 17-iyulda Portu-Alegri — San-Paulu reysini amalga oshirgan Airbus-320 Kongonyas aeroportiga qo‘nish chog‘ida aerodrom chetiga chiqib ketgan va yoqilg‘i shaxobchasiga borib urilgandi.

Layner bortida yong‘in boshlandi, buning oqibatida 199 kishi halok bo‘lgan.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 11:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 46) ( 0) ( 45) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют