» » Samarqand viloyat IIB jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymagan 80 dan ortiq mahalla raisini taqdirladi

Samarqand viloyat IIB jinoyatchilikka yo‘l qo‘ymagan 80 dan ortiq mahalla raisini taqdirladi


Samarqand viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Aziz Toshpo‘latov huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlari bilan uchrashdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat IIB matbuot xizmati ma’lum qildi.

Muloqot chog‘ida viloyatda jinoyat va huquqbuzarliklar sodir etilgan 1008 ta mahallada yuzaga kelgan holat atroflicha muhokama etildi. Bunga yo‘l qo‘ymagan 81 ta mahalla raislari aholi osoyishtaligini ta’minlashda ko‘rsatgan faolligi uchun mukofotlar bilan taqdirlandi.

Yig‘ilishda profilaktika inspektorlarining har 10 kunda olib borgan ishlari natijalari to‘g‘risida mahalla faollari, keng jamoatchilik oldida hisobot berish tartibining joriy etilishi huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda qo‘l kelayotgani qayd etildi.

Profilaktika inspektorlariga xizmat uylari va mashinalar berilayotgani hudud osoyishtaligini ta’minlashda muhim omil bo‘lmoqda. Bugungi kungacha viloyatda 300 nafar profilaktika inspektoriga xizmat uyi va Matiz avtomobillari topshirildi.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют