» » Nyu-York sudlaridagi jinoyatchilar ponchiklar bilan mehmon qilinadi

Nyu-York sudlaridagi jinoyatchilar ponchiklar bilan mehmon qilinadi


AQShning Nyu-York shahri meri Bill de Blazio shahar sudidagi sudlanuvchilarga so‘rovnomada qatnashish evaziga Dunkin’ Donuts yemakxonasiga 15 dollarlik karta berish tashabbusini ilgari surdi, deb xabar beradi Forum Daily.

Mazkur tashabbus mayda huquqbuzarliklarni sodir etgan sudlanuvchilarga nisbatan joriy etiladi va soliq to‘lovchilar mablag‘lari hisobiga moliyalashtiriladi.

So‘rovnomada sudlanuvchilardan sud va prokuror ishini va hatto sud binosidagi havo haroratiga baho berish so‘raladi.

Bu huquqbuzarlarni ma’lum xizmati yoki murosaga kelishi evaziga mukofotlash bo‘yicha birinchi tashabbus emas. Masalan, Rayshers orolidagi qamoqxonalarda intizomli mahbuslar pitssa bilan siylanadi.

Meriya shu tariqa axloq tuzatish maskanlarida kelishmovchilik va shafqatsizlik darajasini pasaytirishga urinmoqda.

Shahar ma’muriyatidagi manba de Blazioning bu tashabbusini “ahmoqlik” deb atadi va sud jarayonida mayda huquqbuzarliklar tufayli ishtirok etish ham “kulgili bo‘lishi kerak emasligini” ta’kidladi.

“Sudlanganlar bu holatning yana qaytarilishini istamasligi kerak. Sudda insonlarda yana chaqiruv qog‘ozini olish istagini uyg‘otuvchi ijobiy tajriba bo‘lmasligi kerak”, —deydi  shahar politsiyachilaridan biri.

So‘rovnomada ishtirok etgan bir necha ayblanuvchilar mukofotni inobatga olgan holda undagi hamma 144 ta savolga javob berishga qarshi emasligini tan olgan.

Опубликовано: admin (12-12-2017, 15:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 68) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют