» » O‘zbekiston boks federatsiyasi Osiyoda eng yaxshisi, Shahram G‘iyosov esa yil sportchisi deb topildi

O‘zbekiston boks federatsiyasi Osiyoda eng yaxshisi, Shahram G‘iyosov esa yil sportchisi deb topildi


Osiyo boks konfederatsiyasi yil yakunlariga bag‘ishlangan The Best of the Asians—2017 taqdirlash marosimini o‘tkazdi. Bu haqda tashkilot matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, O‘zbekiston boks federatsiyasi qit’ada yilning eng yaxshi tashkiloti sifatida tan olindi. Ovoz berishda mamlakat boksi uchun javobgar tashkilot qolgan raqobatchilaridan ilgarilab ketdi.

O‘zbekiston boksi Osiyo va jahonda o‘z o‘rniga ega ekani bilan ajralib turadi va uning sportchilari 2017-yil katta yutuqlarga erishdi. Shu yil O‘zbekiston Osiyo Chempionatiga mezbonlik qildi va mahalliy sportchilar unda 9 ta oltin medalni qo‘lga kiritdi. Mamlakat bokschilari bu bilan cheklanib qolmadi. Ular Tailandda o‘tgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo Chempionatida ham umumjamoa hisobida birinchi bo‘ldi. Kattalar o‘rtasidagi Jahon Chempionatida esa O‘zbekiston termasi jami 6 ta medalni qo‘lga kiritishga muvaffaq bo‘ldi, deb izoh berdi OBK sayti.

OBK, shuningdek, Afg‘oniston boks federatsiyasiga tezlik bilan rivojlanayotgani uchun rag‘batlantiruvchi sovrin topshirdi. Bu sovrinni afg‘onistonliklarga Osiyo boks konfederatsiyasi prezidenti hamda AIBA vitse-prezidenti Serik Konakboyevning o‘zi berdi.

O‘zbekiston The Best of the Asians—2017 marosimida yana bir nominatsiyada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. -69 kilogramm vazn toifasida mamlakat sharafini xalqaro maydonda munosib himoya qila olgan Shahram G‘iyosov yilning eng yaxshi erkak bokschisi sifatida tan olindi. Qayd etish kerak, G‘iyosov avval Toshkentdagi Osiyo Chempionatida, keyinroq Gamburgdagi Jahon Chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritgandi.

OBK jami 14 ta nominatsiyada g‘oliblarni taqdirladi. Shahram G‘iyosovdan keyin eng yaxshi ayol bokschi nominatsiyasini qozog‘istonlik Madina Nurshayeva qo‘lga kiritdi. Shu kuni ayollar boksida qozog‘istonliklar hech kimga imkoniyat qoldirmadi. Ular yilning eng yaxshi yosh hamda o‘smir ayol bokschilar uchun so‘rovlarda ham peshqadam bo‘ldi. Eng yaxshi yosh erkak bokschi sovrini Hindistonga, o‘smirlar uchun atalgani esa Yaponiyaga yo‘l oldi.

Yil murabbiyi sifatida yaponiyalik Hirokuni Moto tan olindi. Yilning kashfiyot bokschisi uchun sovrinni suriyalik Xusain Al-Masri qo‘lga kiritdi.

Опубликовано: admin (13-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 25) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют