» » Termizda Afrika sheri bolaladi

Termizda Afrika sheri bolaladi


Amur yo‘lbarsi, tog‘ bo‘risi, Afrika sheri, Avstraliya tuyaqushi, arxar, qo‘ng‘ir ayiq va Morxo‘rning bolasini ko‘rmoqchi bo‘lganlar O‘zbekistonning janubiy darvozasi – Termizga tashrif buyurishining o‘zi kifoya, deb xabar berdi O‘zA.

Termiz hayvonot bog‘ida dunyoning turli hududlarida uchraydigan Amur yo‘lbarsi, Osiyo sheri, Buxoro bug‘usi, Qor barsi kabi 133 turdagi 421 hayvon, parranda-yu darranda parvarish qilinmoqda. Hayvonot bog‘ida “Qizil kitob”ga kiritilgan Hindiston buqasi, dengiz toshbaqasi singari jonivorlar 30—40 yildan buyon odamlarga o‘zgacha zavq-shavq ulashib kelmoqda.

Surxondaryo turli hayvonlarning mahalliy sharoitga tez moslashishi va ko‘payishi uchun qulay iqlimga ega. Joriy yilda bu yerda Amur yo‘lbarsi va tog‘ bo‘risi — uch, Afrika sheri, Avstraliya tuyaqushi va arxar — ikki, qo‘ng‘ir ayiq va Morxo‘r (burama shoxli kiyik) — bir boshga ko‘paygani, ayniqsa, bog‘imizni miriqib tomosha qilish istagida kelayotgan bolajonlarda katta qiziqish uyg‘otayotir. Ularni qish mavsumida ham bu yerga chorlab qolamiz.

M.Bexkonov, Termiz hayvonot bog‘i veterinar vrachi 

Опубликовано: admin (13-12-2017, 12:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют