» » Janubiy Koreya yetakchisi Putinni Amur yo‘lbarsiga o‘xshatdi

Janubiy Koreya yetakchisi Putinni Amur yo‘lbarsiga o‘xshatdi


Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni Amur yo‘lbarsiga qiyosladi. Bu haqda u Vladivostokda o‘tayotgan uchinchi Sharqiy iqtisodiy forum plenar yig‘ilishi chog‘ida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “TASS”.

“Qadim zamondan koreyslar yo‘lbarsni muqaddas jonivor hisoblab, uni juda yaxshi ko‘radi, — dedi Mun Chje In, Rossiya yetakchisiga murojaat qilarkan. — Ko‘plar sizning ruhingiz, janob prezident, Amur yo‘lbarsi ruhiga o‘xshash deb hisoblaydi”.

Mun Chje In o‘zi ham ushbu jonivorga aloqadorligini ta’kidlab o‘tdi.

“Ismimdagi ‘In’ qismi yo‘lbars ma’nosini beradi”.

“Agar biz birga ishlab, Uzoq Sharqni rivojlantirsak, biz buni uddalaymiz”, — xulosa qildi u.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (7-09-2017, 21:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 27) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют