» » Fox: Tramp Putinni “tish o‘tmaydigan odam” deb hisoblaydi

Fox: Tramp Putinni “tish o‘tmaydigan odam” deb hisoblaydi


AQSh prezidenti Donald Tramp o‘zining rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinni “tish o‘tmaydigan odam” deb hisoblaydi. Bunday e’tirof bilan u Fox telekompaniyasiga bergan intervyusida chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.

Boshlovchi amerikalik taniqli siyosiy arboblar va tadbirkorlar, shuningdek, Rossiya yetakchisini tilga olib, Trampdan ularning har biriga qisqa ta’rif berishni so‘radi. Putin haqida AQSh ma’muriyati rahbari shunday dedi: “Uni bilmayman. Ammo u, shubhasiz, tish o‘tmaydigan odam. U Rossiya uchun qanaqa ekanligini bilmadim, lekin buni qachondir bilib olamiz, deb o‘ylayman”.

Prezident, shuningdek, AQSh Demokratik partiyasining Respublikachilar partiyasidan iborat hozirgi Amerika ma’muriyatiga davom etayotgan hujumlarini izohladi. Uning fikricha, demokratlarda hozir respublikachilarga nisbatan “katta sovuqchilik bor”. “Ma’lumotlar tarqalib ketishi — misollardan biri xolos. Obama shaxsan menga yaxshi munosabatda bo‘lgan bo‘lsa-da, sahna ortida yaxshi narsalar sodir bo‘layotganga o‘xshamaydi, bu esa afsuslantiradi”, — dedi Tramp.

Опубликовано: admin (19-03-2017, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 56) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют