» » Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To‘laganovning prof ringdagi ikkinchi raqibi MakGregor bo‘ladi

Rio Olimpiadasi sovrindori Rustam To‘laganovning prof ringdagi ikkinchi raqibi MakGregor bo‘ladi


O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Rustam To‘laganov navbatdagi jangini 2018-yilning 13-yanvar kuni o‘tkazadi, deb yozdi “Olamsport”. Bu uning professional ringdagi ikkinchi jangi bo‘ladi.

AQSh mezbonligida o‘tadigan jangda To‘laganovga amerikalik Martez MakGregor raqiblik qiladi. Mazkur charm qo‘lqop ustasi prof ringda jami 5 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 4 tasida raqiblarini taslim etishga muvaffaq bo‘lgan. Yana 1 tasida esa imkoniyatni boy bergan.

Rustam To‘laganov AQShdagi ilk jangida ham amerikalikka qarshi ringga chiqqan bo‘lib, yakunda Robert Guerrani taslim qilishga erishgandi. Qayd etish kerak, u Rio—2016 Olimpiadasini bronza medali bilan yakunlagandi.

Опубликовано: admin (14-12-2017, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 117) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют