» » O‘zbekistonda 2017-yilda inflyatsiya darajasi 13-14 foiz bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda 2017-yilda inflyatsiya darajasi 13-14 foiz bo‘lishi kutilmoqda


O‘zbekistonda 2017-yilda inflyatsiya darajasi 13-14 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi davomida iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi, deya xabar beradi O‘zA.

“Uning o‘sish sabablari nimalardan iborat? Birinchisi, yillar davomida narxlarni liberallashtirish bo‘yicha chora-tadbirlarning ortga surilib kelayotgani bilan bog‘liq. Joriy yilda ayrim tovarlar va xizmatlarga belgilangan narxlarni liberallashtirish bo‘yicha amaliy ishlar qilindi. Ikkinchisi, Xalqaro valyuta fondi uslubiga o‘tishimiz va hisob-kitoblar shu asosda amalga oshirilishi ham inflyatsiya darajasiga ta’sir ko‘rsatadi”, — dedi Mubin Mirzayev.

Qayd etilishicha, noyabr oyida umumiy inflyatsiya darajasi 2 foizni tashkil etgan bo‘lsa, uning 0,5 foizi benzin narxi oshishi hisobiga to‘g‘ri kelmoqda. Mamlakatda benzin narxi o‘rtacha 39 foizga oshgan.

O‘zbekistonda ayni paytda 1 litr benzinning o‘rtacha narxi 0,52 dollarga to‘g‘ri kelmoqda. Qozog‘istonda bu ko‘rsatkich 0,54, Belarusda 0,63, Rossiyada 0,69, Tojikistonda 0,75, Ukrainada 1,03 dollarni tashkil etmoqda.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют