» » O‘zbekistonda 2018-yildan ish haqining o‘sish sur’ati inflyatsiya darajasidan past bo‘lmaydi

O‘zbekistonda 2018-yildan ish haqining o‘sish sur’ati inflyatsiya darajasidan past bo‘lmaydi


O‘zbekistonda 2018-yildan boshlab ish haqining o‘sish sur’ati inflyatsiya darajasidan past bo‘lmaydi. Bu haqda Xalqaro press-klubning payshanba kuni bo‘lib o‘tgan sessiyasida iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayev ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Gazeta.uz”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatda har olti oyda ish haqining inflyatsiya oqibatida yo‘qotilgan qismini qoplab berish tizimi tatbiq etiladi.

Kelasi yildan ish haqining o‘sish sur’ati inflyatsiya darajasidan past bo‘lmaydi. Bu, shuningdek, 2018-yilgi soliq va byudjet siyosati konsepsiyasida ham ko‘zda tutilgan.

Masalan, 1-yanvardan 1-iyulgacha bo‘lgan oraliqdagi inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, ish haqi miqdori ham olti oylik yakunlari bo‘yicha shunchaga oshiriladi, yil oxirida esa yana bir bor shunday oshiriladi.

Mubin Mirzayev, O‘zbekiston iqtisodiyot vaziri birinchi o‘rinbosari

Avvalroq O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi miqdori yanvar—sentabr oylarida 1 million 346 so‘mni tashkil etgani haqida xabar berilgan edi (Markaziy bankning joriy kursi bo‘yicha 123,6 dolarga teng). Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,2 foizga ko‘p.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 16:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют