» » Amerikalik senator: Agar KXDR yana yadroviy sinov o‘tkazsa, bu tuzumni yo‘q qilishdan o‘zga chora qolmaydi

Amerikalik senator: Agar KXDR yana yadroviy sinov o‘tkazsa, bu tuzumni yo‘q qilishdan o‘zga chora qolmaydi


Agar KXDR yana bir yadroviy sinovni o‘tkazadigan bo‘lsa, AQSh va Shimoliy Koreya o‘rtasidagi urushning yuz berishi ehtimoli 70 foizgacha oshishi mumkin. Bu haqda respublikachi-senator Lindsi Grem ma’lum qildi, deya xabar bermoqda “Korrespondent.net”.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar KXDR yangi yadroviy sinov o‘tkazish haqida qaror qabul qilgudek bo‘lsa, AQSh prezidenti Donald Trampning ma’muriyati qasddan KXDRga birinchi bo‘lib — Kim Chen Inning ixtiyorida AQShga qadar yetib bora oladigan yadroviy raketalar paydo bo‘lmasligi uchun — zarba beradi.

“Hozircha biz harbiy yo‘ldan yurishimiz ehtimolini 10 dan 3 deb baholagan bo‘lardim. Agar shimoliy koreyaliklar qo‘shimcha yadroviy sinov o‘tkazsa, bu ehtimol 70 foizga chiqadi, menimcha”, — dedi Grem.

Gremning so‘zlariga ko‘ra, u Shimoliy Koreya muammosini yakshanba kuni prezident Tramp bilan golf o‘ynayotgan chog‘ida muhokama qilgan.

“Shimoliy Koreya bilan urush — tuzumga qarshi yalpi urush bo‘ladi. Bunda jarrohlik zarbasini berish varianti yo‘q. Ularning yadroviy dasturi haddan tashqari sezilarli, juda qat’iy va shu sababli ham siz eng yomoniga tayyor turishingiz kerak. Shu bois ham, agar qachondir harbiy yo‘l tanlanadigan bo‘lsa, bu shunchaki ularning yadroviy qurilmalarini yo‘q qilish bilan kifoyalanmaydi — bunda u yerdagi tuzum butunlay yo‘q qilinadi”, — dedi u.

“Biz hali hal qiluvchi vaziyatga qadar yetib borganimiz yo‘q. Biroq ular yangi yadroviy sinov o‘tkazadigan bo‘lsa, boshqa yo‘l qolmaydi”, — dedi senator.

Gremning fikricha, urushning oldini olish uchun “oldindan hech qanday shart qo‘ymay” muzokaralar stoliga o‘tirmoq kerak. “Urushning oldini olish uchun men shunga tayyorman. Toki, shu davr tarixini yozishayotganida: ‘Eh, Lindsi, shu yigitcha bilan ham gaplashib ko‘rsang bo‘lardi-ku’, deb o‘pkalashmasin”, — dedi u.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 21:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 21) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют