» » Qoraqalpog‘istonda 2018—2019-yillarda 4,5 trillion so‘mlik 1300 loyiha amalga oshiriladi

Qoraqalpog‘istonda 2018—2019-yillarda 4,5 trillion so‘mlik 1300 loyiha amalga oshiriladi


Mamlakatning tegishli vazirlik, kompaniya va banklari rahbarlarini muntazam ravishda hududlarga yuborib, joylardagi qo‘shimcha rezervlarni izlab topish, aniq investitsiya loyihalarini ishlab chiqish va amalga oshirish bo‘yicha tadbirlar izchil davom ettirilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

“Qoraqalpog‘istonga bugungi safardan oldin ikki hafta mobaynida ishlar xuddi shunday tartibda tashkil etildi va qo‘shimcha investitsiyalarni jalb etishga yo‘naltirilgan yangi dastur loyihasi ishlab chiqildi”, — dedi Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputatlari va faollari bilan bo‘lib o‘tayotgan uchrashuvda.

Mazkur dasturga muvofiq, 2018—2019-yillarda Qoraqalpog‘istonda umumiy qiymati 4,5 trillion so‘m bo‘lgan 1300 dan ziyod loyiha amalga oshiriladi va qariyb 10 mingta ish o‘rni yaratiladi. Jumladan, sanoat tarmoqlarida qiymati 492 million dollarga teng bo‘lgan 232 investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.

“Shu bilan birga, Qoraqalpog‘istonda yoqilg‘i-energetika va kon-metallurgiya sohasida umumiy qiymati 3,4 milliard dollardan ortiq 5 ta yirik loyihani joriy etish rejalashtirilmoqda”, — dedi Prezident.

Опубликовано: admin (15-12-2017, 23:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют