» » O‘zbekistonda 2017-yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida 960 loyiha amalga oshiriladi

O‘zbekistonda 2017-yilda Mahalliylashtirish dasturi doirasida 960 loyiha amalga oshiriladi


Kelgusi ikki yilda O‘zbekistonda 3,4 millard dollarlik qariyb 1150 loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirligida sanoat kooperatsiyasi hamda mahalliylashtirish jarayonlarini rivojlantirish istiqbollariga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qilindi, deb xabar beradi O‘zA.

Joriy yilda 960 loyihani amalga oshirish hisobiga 6,5 trillion so‘mga yaqin mahalliylashtirilgan mahsulotlar ishlab chiqarilishi belgilangan. 122 turdagi o‘zlashtirishga taklif etilgan mahsulotlar aniqlangan.

Mahsulotlar importini qisqartirishning qo‘shimcha rezervlarini o‘rganish jarayoni joriy yilda tarmoqlararo sanoat kooperatsiyasini kengaytirish hamda import o‘rnini bosadigan yangi turdagi mahsulotlar ishlab chiqarishni tashkil qilish hisobiga importni qo‘shimcha 23 foizga qisqartirish imkoniyati mavjudligini ko‘rsatdi.

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini mazkur jarayonga faol jalb etish maqsadida Iqtisodiyot vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda O‘zbekistonning barcha hududlari imkoniyatlari tahlil etildi. Natijada yillik ishlab chiqarish hajmi 900 milliard so‘mlik 400 dan ortiq qo‘shimcha loyiha aniqlandi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (14-03-2017, 22:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 28) ( 0) ( 25) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют