» » Gondurasdagi norozilik namoyishlari qurbonlari soni 16 kishiga yetdi

Gondurasdagi norozilik namoyishlari qurbonlari soni 16 kishiga yetdi


Gondurasda 26-noyabrda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovidan so‘ng yuzaga kelgan norozilik namoyishlari va tartibsizliklar oqibatida halok bo‘lganlar soni 16 kishiga yetdi. Bu haqda Markaziy Amerika davlatining Inson huquqlari bo‘yicha milliy komissiyasi hisobotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Avvalroq halok bo‘lganlar soni 7 kishini tashkil etgani haqida xabar berilgandi.

Norozilik namoyishlari saylov natijalaridan qoniqmagan muxolifat tomonidan boshlangan. So‘nggi rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, muxolifatning talabi bo‘yicha ovozlar qayta sanalganida ham amaldagi prezident Xuan Karlos Ernandes 42,98 foiz, uning muxolifatchi raqibi Salvador Nasralla esa — 41,38 foiz ovoz to‘plagan.

Universal portalining aniqlik kiritishicha, halok bo‘lganlar orasida politsiyachilar ham bor. Shuningdek, tartibsizlikda ishtirok etganligi uchun 1,7 mingga yaqin odam qo‘lga olingan.

Опубликовано: admin (16-12-2017, 13:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют