» » O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari olib kirish uchun imtiyoz va preferensiyalar bekor qilinadi

O‘zbekistonda oziq-ovqat mahsulotlari olib kirish uchun imtiyoz va preferensiyalar bekor qilinadi


2018-yil 1-fevraldan alohida xo‘jalik yurituvchi subyektlarga O‘zbekiston Respublikasi hududiga oziq-ovqat mahsulotlari olib kirishda berilgan individual bojxona, soliq va boshqa imtiyoz va preferensiyalarni bekor qilish rejalashtirilmoqda. Bu O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tayyorlangan Prezident farmoni loyihasida ko‘zda tutilgan. Farmon loyihasi Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portaliga joylandi.

Shuningdek, 2018-yil 1-fevraldan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan respublika hududiga oziq-ovqat mahsulotlari olib kirishda muayyan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga individual bojxona, soliq va boshqa imtiyoz va preferensiyalar taqdim etishni ko‘zda tutuvchi qarorlar qabul qilishni taqiqlash ham ko‘zda tutilmoqda.

Respublikaning barcha hududlarida davlat-xususiy sheriklik asosida maxsus omborxona, saqlash inshootlari, sovutish kameralari tashkil etiladi, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va qadoqlash bo‘yicha zamonaviy, yuqori texnologik energiya tejovchi uskunalar o‘rnatiladi.

Hujjat loyihasiga muvofiq, 2018-yil 1-fevraldan boshlab:

ijtimoiy ahamiyatga ega oziq-ovqat mahsulotlarini Ichki iste’mol bozorida narx-navoni barqarorlashtirishga ko‘maklashish jamg‘armasi mablag‘lari hisobiga sotib olish, shuningdek, davlat strategik va safarbarlik zaxirasidagi yangilash talab etiladigan oziq-ovqat mahsulotlarini sotish faqatgina tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdo tizimi orqali amalga oshiriladi;

respublika tovar-xomashyo birjalarida iste’mol tovarlarining sotilishi (xarid qilinishi) borasidagi taqiq bekor qilinadi;

respublika tovar-xomashyo birjalarining ochiq elektron savdolari orqali oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish va sotishda ulgurji savdo qilish uchun litsenziya talab etilmaydi;

rejalashtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining xaridlari, Jamg‘armaga mablag‘lar tushumlari va xarajatlari to‘g‘risidagi batafsil ma’lumotlar har oyda O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida e’lon qilib boriladi;

birja brokerlari tijorat banklariga mijoz – norezidentlar nomidan tovar-xomashyo birjalari elektron savdolarida mahsulot sotishdan tushgan mablag‘lari hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish) uchun talabnoma berish, norezident – yuridik shaxslar esa O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida hisob raqami ochish va tovar-xomashyo birjalari elektron savdolarida mahsulot sotishdan tushgan mablag‘lari hisobidan xorijiy valyutani sotib olish (sotish) huquqiga ega.

O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirish tizimi va jarayonini tanqidiy o‘rganib chiqib, ortiqcha to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, mahsulotlarning bojxona rasmiylashtiruvini imkon qadar soddalashtirish va eksport-import operatsiyalari xarajatini qisqartirish rejalashtirilmoqda.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 09:45)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют