» » Durov: Telegram ishidagi nosozlik trafik haddan tashqari ko‘paygani tufayli yuz berdi

Durov: Telegram ishidagi nosozlik trafik haddan tashqari ko‘paygani tufayli yuz berdi


Telegram asoschisi Pavel Durov 18-dekabr, dushanba kuni xabarlar jo‘natishda nosozliklar yuzaga kelganini tasdiqladi va messenjer yaqin vaqtlar ichida barqaror holatda ishlay boshlashini aytdi, deb yozadi “TASS”.

“So‘nggi vaqtlarda kuzatilayotgan trafikning haddan tashqari o‘sishi tufayli, Moskva vaqti bilan 20:00 da xabarlar odatdagidan ko‘ra sekinroq yetkazildi. Biz ba’zi o‘zgartirishlarni joriy qildik, ertaga hammasi yaxshi bo‘lishi kerak”, — deb yozdi u o‘z Twitter’ida.

Due to the insane growth of late, messages were being delivered slower than usual at ~5pm GMT today. We've made some tweaks, should be OK tomorrow.

— Pavel Durov (@durov) December 18, 2017

18-dekabr, dushanba kuni Moskva va Sankt-Peterburgda yashaydigan messenjer foydalanuvchilari shunday muammolarga duch kelgan edi. Shuningdek, Stokgolm, Berlin, Parij, Milan, Rim, Singapur va boshqa shaharlar fuqarolari ham nosozliklar haqida ma’lum qilgan.

Опубликовано: admin (19-12-2017, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют