» » AQSh ar-Riyod o‘qqa tutilishi fonida Eronni xusiylarni qurollantirishni to‘xtatishga chaqirdi

AQSh ar-Riyod o‘qqa tutilishi fonida Eronni xusiylarni qurollantirishni to‘xtatishga chaqirdi


AQSh Saudiya Arabistoni poytaxtining Yaman isyonchi xusiylari tomonidan raketadan o‘qqa tutilishini keskin qoraladi. Vashingtonning ta’kidlashicha, ular qurolni Erondan olmoqda. Bu haqda 19-dekabr, seshanba kuni Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Xezer Hauert tomonidan tarqatilgan bayonotda ma’lum qilindi, deb yozadi “TASS”.

“Erondan zamonaviy qurol-aslaha olayotgan xusiylarning tajovuzkor harakatlaridan hamon juda xavotirdamiz. Bu hududiy xavfsizlik uchun tahdid yuzaga keltirmoqda va Yamanda mojaro davom etishiga sabab bo‘lmoqda. Qo‘shma Shtatlar “Islom inqilobi qo‘riqchilari” korpusini xusiylarga Yaman qo‘shnilari, jumladan Saudiya Arabistoniga nisbatan tajovuzkorlik ko‘rsatish imkonini beruvchi qurol bilan ta’minlashni to‘xtatishga chaqiradi”, — deya ta’kidlaydi Nauert.

U, shuningdek, Yamanda barqarorlikka faqat siyosiy yechim tufayli erishish mumkinligini ma’lum qiladi. “Barcha tomonlarni zudlik bilan harbiy harakatlarni to‘xtatishga chaqiramiz”, — deydi u.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 45) ( 0) ( 43) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют