» » Diniy idorada xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Diniy idorada xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchilari bilan uchrashuv o‘tkazildi


19-dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasida xorijiy mamlakatlarning O‘zbekistondagi elchilari va diplomatlari bilan Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazining maqsad va vazifalari to‘g‘risida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.

Islom sivilizatsiyasi markazi direktori Shoazim Minovarov ushbu markazda ulkan muzey, yirik kutubxona va qo‘lyozmalar fondi tashkil etilishi, qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, osori-atiqalar, tarixiy mazmundagi video va foto hujjatlar alohida joy olishini atroflicha tushuntirdi.

Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Shovosil Ziyodov bugungi kunda 6 gektar maydonda markaz qurilishi jadal davom etayotgani, shuningdek, hadisshunoslik oliy maktabi ham barpo etilayotganini ta’kidladi.

Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Vladimir Tyurdenov Islom Hamkorlik Tashkilotining Ostona sammitida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan juda ko‘p xayrli tashabbuslar ilgari surilganini aytib o‘tdi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hozirgi kunda qo‘shni va xorij mamlakatlari bilan hamkorlik aloqalarini rivojlantirish yo‘lida qator amaliy harakatlar bo‘layotganini ma’lum qilib, muloqotda ishtirok etgani uchun xorijiy mamlakatlar elchilari va diplomatlariga minnatdorchilik bildirdi.

Опубликовано: admin (20-12-2017, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 115) ( 0) ( 113) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют