» » Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom madaniyati markazi nomini Islom sivilizatsiyasi markazi deb o‘zgartirishni taklif qildi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi Islom madaniyati markazi nomini Islom sivilizatsiyasi markazi deb o‘zgartirishni taklif qildi


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Toshkent shahridagi Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida bo‘ldi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 2017-yil 21-aprel kuni Toshkent shahrining Olmazor tumaniga tashrifi chog‘ida Imom Termiziy jome’ masjidini rekonstruksiya qilish bo‘yicha topshiriq bergan va Hazrati Imom (Xastimom) majmuasida Islom madaniyati markazini tashkil etish taklifini bildirgan edi.

Ayni vaqtda Prezidentning 2017-yil 23-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida O‘zbekistondagi Islom madaniyati markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev 1-sentabr kuni Xastimomga tashrifi davomida tashkil etilayotgan markaz loyihasi bilan tanishdi.

“Bu kabi xayrli ishlar yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik tomonidan keng qo‘llab-quvvatlanmoqda. Shularni inobatga olib, davlatimiz rahbari Islom madaniyati markazi nomini Islom sivilizatsiyasi markazi, deb o‘zgartirish taklifini bildirdi”, — deb yozadi O‘zA.

Loyihaga ko‘ra, ushbu markazda akademiya, kutubxona, arxiv va qo‘lyozmalar fondi tashkil etilib, ularni bugungi O‘zbekiston zaminidan yetishib chiqqan buyuk mutafakkirlar va ulamolar tomonidan asos solingan ilmiy va diniy maktablarga doir yurtimizda va chet ellarda saqlanayotgan qadimiy qo‘lyozma va toshbosma kitoblar, tarixiy dalil va hujjatlar, arxeologik topilmalar, osori-atiqalar, shu yo‘nalishdagi zamonaviy ilmiy-tadqiqot ishlari, video va foto hujjatlar bilan boyitish, 300 o‘rinli konferensiya zali barpo etish ko‘zda tutilgan.

Shavkat Mirziyoyev markaz qurilishi bo‘yicha taqdim qilingan loyihaga alohida e’tibor qaratdi. Loyihalarda markaz qurilishi munosabati bilan boshqa joyga ko‘chiriladigan aholi uchun barpo etiladigan yangi zamonaviy uy-joylar haqidagi ma’lumotlar ham o‘z aksini topgan.

“Prezidentimiz davlat va jamoat tashkilotlari, Musulmonlar idorasi rahbariyati, imom-xatiblar, mahalla faollari bilan suhbatlashdi”, — deyiladi O‘zA axborotida.

“Daryo”ning YouTube’dagi rasmiy sahifasiga obuna bo‘ling

Опубликовано: admin (1-09-2017, 18:12)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 101) ( 0) ( 100) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют