» » Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi

Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etildi. Bu haqda Adliya vazirligi axborot xizmati xabar bermoqda.

Markaz O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 14-mart kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Markaz, qarorda qayd etilganidek, “islom dini rivojiga ulkan hissa qo‘shgan buyuk alloma, vatandoshimiz Abu Iso Termiziy (Imom Termiziy) va termiziy allomalarning benazir merosini ilmiy asosda chuqur o‘rganish, muqaddas yurtimiz zamini azal-azaldan ulug‘ allomalar, aziz-avliyolar vatani bo‘lib kelganini yurtdoshlarimiz va xalqaro jamoatchilik o‘rtasida keng targ‘ib qilish, milliy-diniy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirish, shu asosda yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida tarbiyalash, ularning qalbida Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini yanada kuchaytirish” maqsadida tashkil etilgan.

Eslatib o‘tamiz, Butunjahon musulmon ulamolar kengashi bosh kotibi Ali Qoradog‘iy Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston hukumati va ahliga tabrik yo‘lladi. “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (19-03-2017, 12:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 101) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют