» » AQShda 123 yil qamoq jazosiga hukm qilingan mahbus qarori e’lon qilingan kunning ertasiga joniga qasd qildi

AQShda 123 yil qamoq jazosiga hukm qilingan mahbus qarori e’lon qilingan kunning ertasiga joniga qasd qildi


AQShda kishilarni garovga olgani uchun uzoq muddatli qamoq jazosiga hukm qilingan Jorj Jonson sud qarori e’lon qilingan kunning ertasiga joniga qasd qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda. 

28 yoshli Jonsonning jasadi qamoqxona kamerasidan topildi. Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, u bo‘g‘ilish oqibatida o‘lgan. 

Hodisadan bir kun avval Baltimor sudi uni ozodlikdan noqonuniy mahrum etish va jinoiy tahdidda aybdor deb topib, 123 yil qamoq jazosiga hukm qilgandi. 

2016-yil iyulida politsiyachilar zo‘ravonlik sodir etgani uchun qidirilayotgan Jonsonning avtomobiliga duch kelganadi. Qurollangan erkak yashirinishga urinib, yo‘l-transport hodisasi sodir etadi, so‘ng yaqin oradagi Burger King restoraniga kirib boradi. 

U yerda restoranning 3 nafar xodimi va 7 yoshli qizni garovga oladi. Politsiya bilan bir necha soat davom etgan muzokaralardan so‘ng avvaliga ikki kishini qo‘yib yuboradi, keyin qolganlar bilan restoranni tark etadi. 

Опубликовано: admin (21-12-2017, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 77) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют