» » Ufada o‘zbekistonlik yigit gullarini olishdan bosh tortgan ma’shuqasini pichoqlab o‘ldirdi, so‘ng o‘zini ham jarohatladi

Ufada o‘zbekistonlik yigit gullarini olishdan bosh tortgan ma’shuqasini pichoqlab o‘ldirdi, so‘ng o‘zini ham jarohatladi


Rossiya tarkibidagi Boshqirdiston Respublikasining Ufa shahrida 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosi gulini olishdan bosh tortgan qizni pichoqlab o‘ldirdi, deb yozadi “Metronews.ru”.

Tergov versiyasiga ko‘ra, o‘zbekistonlik 20-dekabr kuni Kalinin tumanidagi do‘konlardan birida u bilan munosabatlarini davom ettirishdan bosh tortgan ma’shuqasiga kamida 17 ta sanchish-kesish jarohatlarini yetkazgan. Shikastlanishlar natijasida 23 yoshli qiz voqea joyida vafot etgan.

So‘ng yigit o‘zining chap ko‘kragiga ham pichoq sanchgan, oqibatda u og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi.

Internetda fojia oqibatlari aks etgan video paydo bo‘ldi. Xususan, guvohlar qotillikda gumonlanuvchining o‘zini ham videoga tushirishga ulgurdi. Hodisa yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tekshiruv olib borilmoqda.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 08:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют