» » Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari parlament saylovlarida g‘alaba qozondi

Kataloniya mustaqilligi tarafdorlari parlament saylovlarida g‘alaba qozondi


Kataloniyaning Ispaniyadan mustaqilligi tarafdori bo‘lgan kuchlar avtonomiyaning 135 deputatdan iborat parlamentida yana mutlaq ko‘pchilik o‘rin egalladi. 21-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan muddatidan oldingi saylov natijalari shundan dalolat bermoqda, deya xabar beradi “TASS”.

Mamlakat birdamligi tarafdori bo‘lgan “Fuqarolar” partiyasi 1 milliondan ortiq ovoz to‘plab, saylovlarda birinchi bo‘ldi va 37 o‘rinni egalladi. Biroq bu partiyaga g‘alaba keltirmadi.

Ispaniyadan ajralish tarafdori bo‘lgan 3 partiyaga 70 o‘rin nasib etdi.

Jumladan, Karles Puchdemonning koalitsiyasi 34, hibsga olingan sobiq avtonomiya rahbari o‘rinbosari Oriol Junkerasning so‘l respublikachilari 32, “Xalq birdamligi uchun nomzodlar” esa 4 o‘ringa ega bo‘ldi.

Опубликовано: admin (22-12-2017, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 29) ( 0) ( 28) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют