» » Karles Puchdemonning nutq bilan chiqish qilishi bekor qilindi. U Kataloniyaning mustaqilligini e’lon qilishi mumkin edi

Karles Puchdemonning nutq bilan chiqish qilishi bekor qilindi. U Kataloniyaning mustaqilligini e’lon qilishi mumkin edi


Kataloniya hukumati raisi Karles Puchdemonning murojaat bilan chiqish qilishi bekor qilindi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.

Xabar berishlaricha, mazkur chiqishi davomida Puchdemon hududning Ispaniyadan mustaqilligini e’lon qilishi mumkin edi.

Puchdemonning nutqi dastlab mahalliy vaqt bilan soat 13:30 ga (Toshkent vaqti bilan 16:30) belgilangan edi, keyinroq u bir soatga qoldirildi, so‘ng mutlaqo bekor qilindi.

Karles Puchdemon boshqa kun baribir chiqish qilishi mumkinligi istisno etilmayapti.

Kataloniyaning Ispaniyadan ajralib chiqishi masalasidagi referendum 1-oktabr kuni bo‘lib o‘tgan edi. Unda ovoz beruvchilarning 90 foizi mustaqillikni yoqlab chiqqandi.

10-oktabr kuni Puchdemon hududning mustaqilligi to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladi, biroq Madrid bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida deklaratsiyaning amal qilishini darhol to‘xtatib qo‘ydi.

21-oktabr kuni esa Ispaniya markaziy hukumati Kataloniyaning muxtoriyat vakolatlarini bekor qilib, uni bevosita boshqarish jarayoniga kirishishni boshladi.

“Daryo” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring

Опубликовано: admin (26-10-2017, 19:30)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 51) ( 0) ( 49) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют